Rözğor konverti
Oylik summa va har kimning uluşi kelişiladi. Internet, telefon, dori — şuning içida. Uy bekasi pul nimaga ketganini körsatadi.
Oilajon katta oilaning umumiy çiqimlarini Telegram guruhining özida yuritadi: rözğor, navbatli tölov va qarzlar adolatli bölinadi, oila boşi tasdiqlaydi, hamma körib turadi.
Yopiq betaHozirça bot sanoqli oilalar bilan işlayapti. Bepul, ilova örnatilmaydi.
Alohida çiqqan farzand ham — farzand. Silai rahm faqat yöqlab boriş emas, yukni birga kötariş hamdir.
Eski odat şunday deydi. Natijada bitta farzand hamma çiqimni kötaradi, qolganlar esa qança ketayotganini bilmaydi ham.
Dori, kommunal, ta'mir, nasiya — hammasi uyda qolgan farzandning hisobidan. Aytsa — minnat böladi, aytmasa — içida qoladi.
Beva qolgan yoki ajraşib qaytgan qiz ota-onasiga qaraydi. Unga yordam «kim eslasa» emas, kelişilgan uluş bilan borişi kerak.
Kim qaçon qança bergani esda qolmaydi. Yozilmagan hisob — bahsning boşi. Oilajon'da har tölov çeki va tasdiği bilan turadi.
Yangi ilova yöq, parol yöq. Oilangiz allaqaçon Telegram'da — Oilajon öşa yerga keladi.
Oila nomini, özingizning ismingiz va örningizni aytasiz: ota, ona yoki farzand.
Mavjud guruhingizga yoki yangisiga. Har kim bitta tugma bilan qöşiladi.
Har yangi çiqim va har tölov guruhda, oçiq söraladi. Tasdiqlangani hisobga kiradi.
Oilada pul uç xil ketadi: har oy takrorlanadigani, navbat bilan tölanadigani va birga yopiladigan qarz. Oilajon uçalasini alohida yuritadi — şunda heç narsa aralaşib ketmaydi.
Oylik summa va har kimning uluşi kelişiladi. Internet, telefon, dori — şuning içida. Uy bekasi pul nimaga ketganini körsatadi.
Nasiya yoki oylik tölovni har oy boşqa farzand yopadi. Navbat aylanadi, kimniki qaçon — oldindan ma'lum.
Ta'mir, töy, davolaniş. Bölaklar jadvali, har bölakning muddati. Hamma tölab bölgaç qarz yopiladi va keyingi oyga ötmaydi.
Tölagaç çek rasmini taşlaysiz. Bot summani özi topadi, qaysi tölovga tegişli ekanini taklif qiladi. «Bergandim» degan gapga örin qolmaydi.
Bitta tugma — va faqat sizga tegişli tölovlar: nima, qança, qaçongaça. Butun jadvalni titkilaş şart emas.
Kimdir uluşidan köproq berdimi? Ortiği yöqolmaydi va boşqaning uluşini yopmaydi — öşa odam nomidan oila budjetiga yoziladi.
Muddatdan 3 kun oldin, 1 kun oldin va öşa kuni. Keçasi bezovta qilmaydi.
Avval «bu çiqim haqiqatmi?», keyin «kim tölaydi?». Tasdiqlanmagan narsa hisobga kirmaydi.
Oila boşi band bölsa, tasdiq huquqi uning roziligi bilan uy bekasiga, undan katta farzandga ötadi.
Teng, foiz bilan, navbat bilan yoki «kim xohlasa». Kiçik summa bölinmaydi.
Oy qanday ketyapti — bitta rasmda. Tölov tuşsa, öşa karta yangilanadi, guruh xabarga tölmaydi.
Bobo, buvi, nevara ham oilada. Ularni siz qöşasiz, ular nomidan yozuvni mas'ul a'zo kiritadi.
Hamma tölov muddati bir joyda — oy boşida nima kutayotgani körinadi.
Umumiy, Rözğor, Navbat, Qarzlar, Kalendar — Telegram'dan çiqmay oçiladi.
Har a'zo öziga qulay yozuvni tanlaydi.
Oilajon faqat hisob-kitob emas. Unda oilaning özi turadi: kim kimning farzandi, kim qaysi yili tuğilgan. Nevara katta bobosining ismini şu yerdan öqiydi.
Har kişining ismi, oilada kim bölişi va tuğilgan yili. Telegram içida oçiladi.
Ularni siz qöşasiz, tasdiqlovçi bir bosişda tasdiqlaydi. Keyin Telegram oçsa, «Bu men» linki bilan öz örniga keladi.
Marhum bobo-buvilar şajarada öz örnida qoladi.
Buvi nevaralarini köradi. Yoş oilaning hisobi esa faqat er-xotinda qoladi.
Kimning kuni yaqinlaşsa, bot guruhga oldindan aytadi.
Butun oila bitta rasmda, qarindoşlik esa bir bosişda.
Katta oilada siz — farzand. Öz uyingizda esa er-xotin — teng xöjayin. Oilajon'da bu ikki dunyo yonma-yon turadi, lekin bir-biriga aralaşmaydi: yoş oilangizning puli va rejalari faqat ikkovingizga körinadi.
Bosib köring: bir xil oila ikki xil közga qanday körinadi.
Yoş oilada «boşliq» bitta emas. Ikkovingiz ham qöşasiz, özgartirasiz, tasdiqlaysiz.
Oyiga qança kirdi, nimaga ketdi, qaysi turkum çegaraga yaqinlaşdi — ikkovingiz ham körib turasiz.
Kimga, qaçongaça, qançalik muhim. Biringiz yozasiz, ikkinçingiz dökonda belgilaydi.
Orzudagi şahar ham, ertangi mayda iş ham bir joyda — esdan çiqmaydi.
Qança topişingiz — sizning işingiz. Aka-uka ham, ota-ona ham yoş oilangiz hisobini körmaydi, hatto neçta yozuv borligini ham.
Buvi nevaralarini şajarada köradi, tuğilgan kunlarini biladi. Yopiq bölgani — pul, mehr emas.
Katta oila va yoş oila orasida ötiş — bitta bosiş, Telegram'da akkaunt almaştirgandek.
Oilaning hisobini yuritiş uçun pul tölaş şart emas. Pro — botga oddiy gap bilan yozişni va ovozli xabarni xohlaganlar uçun.
Butun oila uçun, muddatsiz.
Butun oilaga bitta. Bepuldagi hammasi va yana:
Pro hali işga tuşmagan. Tölovi Telegram'ning özida — Stars orqali böladi: karta raqamini heç qayerga kiritmaysiz, alohida tölov tizimida röyxatdan ötmaysiz.
Içkarida hamma narsa oçiq, taşqariga heç narsa çiqmaydi.
Oila ma'lumoti faqat öşa oilaning a'zolariga oçiladi. Begona odam link bilan ham kira olmaydi.
Faqat bank nomi va oxirgi 4 raqam — u ham ixtiyoriy.
U faqat tugma va buyruqlarga javob beradi. Oilaviy suhbatingiz özingizniki.
Çek rasmi faqat oila a'zolariga körinadi.
Er-xotinning budjeti va rejalari katta oilaga körinmaydi. Bu sozlama emas, tizimning asosi.
Kim, qaçon, nimani özgartirgani jurnalda turadi. Indamay tuzatib qöyiş yöq.
Oilani öçirsangiz, unga tegişli hamma ma'lumot birga öçadi.
Yöq. Oilajon — Telegram boti. Oilangiz guruhiga qöşiladi, hamma narsa şu guruhning özida böladi. Batafsil körmoqçi bölsangiz, Telegram içida sahifa oçiladi — parol ham, alohida kiriş ham yöq.
Yöq, Oilajon pulga tegmaydi. Tölovni har doimgidek öz bank ilovangizda qilasiz, botga çekini taşlaysiz. Bot çekdagi summani oçiq tölovlar bilan soliştiradi va tasdiqlovçiga körsatadi.
Uni özingiz qöşasiz: ismi, kim bölişi, tuğilgan yili. U şajarada ham, oila röyxatida ham böladi; uning nomidan yozuvni mas'ul a'zo kiritadi. Keyin Telegram oçsa, bir martalik link bilan öz profiliga ulanadi — tarix saqlanadi.
Qolmaydi. Tasdiq huquqi rozilik bilan ötadi: oila boşi rozi bölsa — uy bekasiga, uy bekasi rozi bölsa — katta farzandga. Kim kimga, kimning roziligi bilan bergani yozib qöyiladi; huquqni bergan odam qaytarib ola oladi.
Buni oila özi hal qiladi. Taqsim törtta usulda: teng, foiz bilan (kim köproq topsa — köproq), navbat bilan yoki «kim xohlasa». Kiçik summalar bölinmaydi — çegarasini özingiz qöyasiz.
Yöq. Yoş oilaning puli, budjeti, xaridlari, sayohati va vazifalari faqat er-xotinga körinadi. Katta oila ularning sonini ham körmaydi. Katta oilada faqat bitta narsa körinadi: umumiy çiqimga kim qança tölagani.
Har a'zo öz yozuvini tanlaydi — lotin yoki kirill. Unga atalgan xabar öşa yozuvda keladi.
Yöq. Soat 22:00 dan 08:00 gaça bot jim. Muhim bölmagan yangiliklar ovozsiz keladi.
Oilani öçirsangiz, unga tegişli hamma narsa öçadi: tölovlar, çeklar, şajara.
Botni oçing va oila guruhiga qöşing. Hozirça yopiq beta — bot sanoqli oilalar bilan işlayapti.
Telegram'da boşlaş